Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga 11-avgust kuni maktub yo‘lladi va uni Nyu-Yorkka taklif qildi. Tegishli maktub Forbes nashri tomonidan e’lon qilindi.

Foto: AP

Bayden maktubda AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi, shuningdek, o‘tgan yil davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.  

Bundan tashqari, u Saida Mirziyoyevaning 2023-yilda Vashingtonga qilgan tashrifini alohida tilga oldi.

“AQSH siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlaringizni qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Qizingiz Saidani shu yil boshida Oq uyda kutib olish sharafiga muyassar bo‘ldik. Uning faoliyati va sizning gender tengligi hamda oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga bo‘lgan qat’iyligingiz tahsinga sazovordir”, deb yozadi u.

Shuningdek, AQSH rahbari BMT Bosh Assambleyasining bo‘lajak yig‘ilishini intiqlik bilan kutayotganini aytdi. Maktub yakunida Bayden Shavkat Mirziyoyevni joriy yil sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishi va C5+1 uchrashuvida ishtirok etishga taklif etgan.

“Unda biz xalqlarimiz hayotidagi eng muhim vazifalarni hal etishda muvaffaqiyatga erishamiz. Umid qilamanki, siz men va boshqa yetakchilarimiz bilan birgalikda xavfsizlik, iqtisodiy va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlariga erishish yo‘lida qanday qilib birgalikda ishlashni davom ettirishimiz mumkinligini muhokama qilish uchun sentabr oyida C5+1 rasmiy uchrashuvida ishtirok etasiz”, — degan Bayden.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »