Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotda Shavkat Mirziyoyev sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hozirgi tadbirkorlarni xavf guruhiga kiritish tizimi yopiq bo‘lib, intizomli soliq to‘lovchilar ham qaysidir hamkori qachonlardir xato qilgan bo‘lsa, uning uchun ham javob bermoqda.

O‘tkazilgan so‘rovlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarning 70 foizi ushbu soliqni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash, yaʼni Tax Gap tizimi adolatsiz ekanini bildirgan. Soliq tizimidagi korrupsiya bilan bog‘liq shikoyatlar haddan tashqari ko‘payib ketgani ham aynan Tax Gap bilan bog‘liq.

“Olayotgan oyliklaringni oqlamayapsizlar, xalqqa, tadbirkorga yordam bermayapsizlar, to‘siq bo‘lyapsizlar. Mana, Tax Gap degan balo bularni qanday qiynayapti, korrupsiyaga sabab bo‘layotgani uchun tikka turib qarsak chalyapti”, — dedi prezident Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyevga.

Davlat rahbari 1-oktabrdan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti, yaʼni Tax Gap bekor qilinishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman soha vakillari bilan birga tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingini joriy qiladi.

Bunda, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:

  • barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;
  • ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini vaqtinchalik to‘xtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.

Avgust boshida Prezidentning tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga Sherzod Kudbiyev tayinlangandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasini 2020-yil may oyidan 2022-yil oxirigacha boshqargan. U bunga qadar prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi va boshqa lavozimlarda ishlab kelgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »