Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirda respublikada jami 2 500 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYQSH) faoliyat olib boradi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari logistikasi departamenti boshlig‘i Jamshid Bagirov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Jamshid Bagirov
Foto: “Daryo”

Jamshid Bagirovning aytishicha, jami AYQSHlardan 3 foizi “O‘zbekneftgaz”ga qarashli.

“Bugungi kunda respublikada jami 2 500 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyat olib boradi. Shundan ‘O‘zbekneftgaz’ga qarashli zapravkalar soni (UNG Petro) 70 ta bo‘lib, respublikadagi jami AYQSHlarning 3 foizini tashkil etadi. Qolgan 97 foiz zapravkalarda aholiga benzin yetkazib berish xususiy sektor, tadbirkorlar yordamida amalga oshiriladi”, — dedi kompaniya xodimi.

Jamshid Bagirovning qo‘shimcha qilishicha, UNG Petro AYQSHlari ham boshqa zapravkalar bilan teng huquqli.

“Ularda hech qanday ortiqcha imtiyozlar yo‘q. Ular ham barcha tadbirkorlar qatori birja savdolarida qatnashib, o‘zlariga kerakli hajmdagi benzinni sotib oladi va belgilagan narxlarda sotadi”, — dedi mutaxassis.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” zapravkalarida Ai-92 benzini narxi avvalgi holatiga qaytib, 9 200 so‘mdan sotilayotgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »