Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga qurollarini Kiyev rejimiga qarshi ishlatishni yoki taslim bo‘lishni tavsiya qildi. Zaxarovaning murojaati Rossiya TIV saytiga joylashtirilgan.

“Biz o‘z mamlakatini bosib olgan bandit xuntaning jinoiy mohiyatini tushunadigan ukrainalik harbiy xizmatchilarga murojaat qilib aytmoqchimizki, o‘z qurolingizni hukumat tepasidagilarga qarshi ishlating yoki qo‘shinlarimizga taslim bo‘ling”, degan Zaxarova.
Foto: Rossiya TIV

Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, taslim bo‘lgan Ukraina harbiylariga insoniy munosabat kafolatlanadi.

Shuningdek, u Kiyevning jinoyatchi rejimi NATO qurollaridan foydalangan holda Rossiya shahar va qishloqlarini o‘qqa tutishni to‘xtatmayotganini ta’kidladi.

“Ularning harakatlari tinch aholi, jumladan, bolalar orasida qurbonlarni keltirib chiqarmoqda”, — dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »