Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimi o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislarini vazifasidan ozod qilgani haqida xabar berilgan edi. Hokim ularning lavozimidan ozod qilinishiga izoh berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Zoir Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab xodimlar yer sotishni, qarorni soxtalashtirishni kasb qilgan. Bunga esa faqat tuman hokimigina emas, boshqa mas’ul shaxslar ham javob berishi kerak. Hokim barchasi qonunchilik darajasida ko‘rib chiqilishini qayd etdi. 

“Xodimlarini ham ishdan olib tashlaymiz. Ertalabdan buyon menga Facebook’da kimni olib kelishimni so‘rab, yozishyapti. Qo‘rqma, Qibrayning yigit-qizlarini olib kelamiz, deb yozdim. Mayli, kesatadi-da. Lekin, kechirasiz, yer sotishni kasb qilgan bo‘lsa, qarorni soxtalashtirishni kasb qilgan bo‘lsa, bugun tuman hokimi shu uchun javob beryapti. Xodimlar-chi? Ularning o‘rinbosarlari-chi? Hammasini qonunchilik doirasida olib borib, hammasiga javob beramiz. 

Umuman ma’lumotlar to‘g‘ri kelmaydi. Ariza va shikoyatlar bilan qanoatlantirish darajasi 28 foiz. Ariza bilan shug‘ullanadigan xodimlarning hammasiga javob berib yuborsa bo‘ladi. Investitsiya dasturiga kirgan obyektning nazorati yo‘q, maktab-bog‘chalar ustidan nazorat yo‘q. 

Men protokol qilib, majlis qilaman, desam qo‘rqaman. Har bir varaqqa qo‘l qo‘yib chiqaman keyin. Tiqvoradi orasiga, hech narsadan qaytmaydi. Hammasida shunaqa. Bitta tumanni qilsak, natija beradigan bo‘lsa, boshqa tumanlarda ham shunday qilamiz. Bular butunlay o‘z xo‘jaligi qilib olgan. Men majbur bo‘ldim, baribir oxiriga yetamiz”, — deydi Zoir Mirzayev.

17-avgust kuni bo‘lib o‘tgan Qibray tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zoir Mirzayev Qibray tumani hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning boshqa barcha mutaxassislari vazifasidan ozod qilinishi, ularning faoliyatiga huquqiy baho berilib, “toza” chiqsa, keyin ishini davom ettirishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Qibray tumanidagi huquq-tartibot idoralaridan tashqari barcha davlat tashkilotlarining rahbarlari ham lavozimidan ozod qilindi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta ichida baho beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »