Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk NV nashriga bergan intervyusida UXX 2022-yil oktabr oyida Qrim ko‘prigidagi portlashni qanday amalga oshirganini aytib berdi.

2022-yil, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigida yirik portlash yuz bergandi
Foto: “UNIAN”

Malyukning so‘zlariga ko‘ra, rejani ishlab chiqish va uni amalga oshirishda shaxsan o‘zi va ikki ishonchli xodimi ishtirok etgan. UXX rahbari dastlab operatsiyaning turli variantlari, jumladan, ko‘prikning temiryo‘l qismidan foydalanish ko‘rib chiqilganini, ammo yakunda portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan yuk mashinasi varianti tanlanganini aytdi.

Ko‘prikka portlovchi moddalarni olib chiqishda bojxona skanerlari ularni aniqlay olmasligi uchun UXX hamma narsani hisobga olgan: ularni sellofan plyonka bilan o‘rashga qaror qilgan. Natijada “mutlaqo fuqarolik yuki”ga o‘xshagan katta plyonkalar hosil bo‘lgan, deb yozadi NV. Ta’kidlanishicha, bunday o‘ramlar butun konteynerni egallagan va portlovchi moddalarning umumiy og‘irligi 21 tonna trotil muqobili(o‘lchov birligi)ga yetgan.

Foto: “UNIAN”
Foto: “UNIAN”

Malyuk Ukrainadan portlovchi moddalar ko‘prikka qanday yetkazilgani tafsilotlarini oshkor qilmadi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, butun operatsiya faqat UXX tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Malyukning qo‘shimcha qilishicha, maxsus xizmatlar GPS-datchiklarini bloklab qo‘yadigan Rossiyaning elektron urish tizimlarini o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa yuk mashinasini ko‘prik o‘rtasida portlatib yuborishga imkon bergan.

“Biz do‘zaxning yettita aylanasidan o‘tdik, o‘zlari bilmagan holda ancha odamdan foydalandik. Ruslar 22 kishini qamoqqa tashladi. Ularning barchasi teraktda ishtirok etishda ayblanmoqda. Aslida ular odatdagi kundalik ishlari bilan shug‘ullangan. Ular oddiy rus kontrabandachilari edi”, — deydi UXX rahbari.

Avvalroq Vasiliy Malyuk Ukraina kuchlari tomonidan 17-iyul kuni Qrim ko‘prigiga uyushtirilgan ikkinchi hujum tafsilotlarini oshkor qilgandi. Malyuk hujumda 850 kilogramm portlovchi moddalar ortilgan Sea Baby dronidan foydalanilganini aytdi. U dronni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng boshlangan bir necha oylik ishlanmalar natijasi deb atadi. UXX CNN telekanaliga Qrim ko‘prigidagi hujum videosini ham berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »