Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2022-yilda jami 1 811 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shundan 169 ta davlat xususiy sherikchiligi (DXSH) asosidagi nodavlat bog‘chalar hamda 1 346 ta oilaviy shakldagi nodavlat MTTlar tashkil etildi. Natijada, 118 557 ta qo‘shimcha quvvat hamda 10 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“Daryo” muxbiri Toshkent shahridagi bog‘chalardan birida bo‘lib, soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi. Maktabgacha taʼlim agentligi bo‘lim boshlig‘i Abdug‘ulom Hakimovning aytishicha, hozirda oilaviy MTTlar ochish uchun tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilgan.

Abdug‘ulom Hakimov
Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

“2018-yilda oilaviy MTTlari bo‘yicha faqatgina 750 ta loyiha amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning soni 21 mingtadan ortdi. Bu o‘z o‘rnida byurokratik to‘siqlarning kamligi, tadbirkorlar yaratilgan sharoitlar kafolatlangani, eng asosiysi ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirishda hech qanday cheklovlar qo‘yilmagani aynan oilaviy MTTlar rivojlanishiga olib keldi.

Eng foydali tarafi, tadbirkor ushbu faoliyat turini boshlaganda bolalarga sarflanadigan oziq-ovqat mablag‘i davlat tomonidan 100 foiz qoplab beriladi. Bundan tashqari, oilaviy MTT tarbiyachisi va uning yordamchisiga davlat tomonidan davlat bog‘chalarida belgilangan oylik-maoshi ularga subsidiya shaklida to‘lab beriladi”, — dedi mutaxassis.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

2018-yildan 2023-yil iyungacha bo‘lgan davrda davlat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 3,5 trillion so‘m subsidiya ajratilgan.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

So‘nggi yillarda DXSH asosida ochilayotgan bog‘chalar soni ham sezilarli darajada ko‘paymoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, bunga hukumat tomonidan berilayotgan imtiyozlar yaxshigina turtki bo‘lmoqda.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

Samarqandlik tadbirkor Barno Tudanovaning aytishicha, DXSH asosida tashkil etilgan bog‘chalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlariga davlat tomonidan subsidiyalar beriladi.

Barno Tudanova
Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

“Shu bilan birga, elektr energiya elektr energiya, gaz taʼminotlari uchun ham davlat subsidiya ajratmoqda. Bu ham tadbirkorga yengillik beradi. Bugungi kungacha 3 ta DXSH asosidagi MTTlar barpo etdim. U bog‘chalarda jami 150 nafar ayollar ish bilan taʼminlandi, 375 nafar bolalar tarbiya olmoqda. Bolajonlarimiz bir necha yo‘nalishlarda xalqaro musobaqalarda chempion bo‘lmoqda”, — dedi Barno Tudanova.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

Maʼlum qilinishicha, 2017-yilda davlat MTTlari soni 5 000 tadan ortiq bo‘lgan. Nodavlat bog‘chalar ulushi esa faqatgina 1 foizni tashkil qilgan. Hozir esa nodavlat MTTlar ulushi umumiy hisobda 40 foizga yetgan.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev
“Besh yilda bu qadar yuqori o‘sishga erishish mazkur sohada olib borilgan samarasidan darak beradi. DXSH sohasini rivojlantirish uchun shu paytgacha davlat tomonidan 2,5 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar, yerlar berildi. Qolaversa, elektr va gaz xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanmoqda. Qishda bog‘chalarni isitish uchun ko‘mir xarajatlarini ham davlat qoplab beradi”, — deydi Abdug‘ulom Hakimov.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikada jami 30 792 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari (MTT) faoliyat ko‘rsatyapti. Shundan davlatga qarashli bog‘chalar soni 6 734 ta, nodavlat bog‘chalar 24 058 tani tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »