Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

Hujjat bilan tegishli nizom tasdiqlanmoqda, unga ko‘ra:

  • xabar berish tizimining asosiy maqsadi — bu aholi va tegishli organlarga favqulodda vaziyatlar haqida haqqoniy va tezkor ma’lumotlar yetkazish;
  • xabar berish tizimi respublika, hududiy, lokal va obyekt darajasida amalga oshiriladi va FVV vaziri, fuqaro muhofazasi boshlig‘i va obyektlar rahbarlarining buyrug‘i asosida ishga tushiriladi;
  • Favqulodda vaziyatda (yoki ro‘y berishidan oldin) “Barchaga diqqat” signali va elektrosirenalar ruporli ovoz kuchaytirgich orqali 3 daqiqagacha aholiga eshittiriladi.
  • signaldan so‘ng yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida ma’lumot televideniye, radio va internet orqali davomiyligi 5 daqiqagacha bo‘lgan video va audiorolik ko‘rinishda yetkaziladi;
  • shuningdek aholi mobil operatorlar orqali ham xabardor qilinadi.

Quyidagilar xabar berish tizimini yaratish buyurtmachisi etib belgilandi:

  • respublika va mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
  • lokal darajada — bo‘ysunuvida favqulodda vaziyat ta’siri obyekt hududidan tashqariga chiqadigan potensial xavfli obyekt mavjud bo‘lgan tashkilotlar;
  • obyekt darajasida — ta’siri obyekt hududidan tashqariga chiqmaydigan favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin bo‘lgan potensial xavfli obyektlar hamda bir vaqtning o‘zida xodimlar va tashrif buyuruvchilarning soni 50 nafar va undan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari favqulodda vaziyat ro‘y bergani haqida alohida o‘z vaqtida xabar berishni va axborot uzatishni ta’minlaydi. Aholini xabardor qilish va aholiga axborot uzatishning maxsus texnik vositalarini o‘rnatish uchun joylar, shuningdek OAVda efir vaqti ajratilishida FVVga ko‘maklashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »