Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Boston shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 20-avgust tongida UFC 292 musobaqasi o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Oqshomning asosiy jangi yengil vazn toifasi vakillari Aljameyn Sterling va Shon O’Melli o‘rtasida kechdi. Ikkinchi raundda Shon Sterlingni nokautga uchratdi va UFCning yangi chempioniga aylandi.

Sterling uchun bu beshinchi titul jangi bo‘ldi. Aljameyn 2021-yilda Pyotr Yan ustidan g‘alaba qozonib, shundan buyon kamarga egalik qilayotgan edi. 

O’Melli esa ilk bor titul uchun jang qildi. Shon 2022-yil oktabr oyida hakamlar qaroriga ko‘ra Yan ustidan g‘alaba qozongandi.

Turnirning asosiy janglari:

Shon O’Melli (17-1) ikkinchi raundda Aljameyn Sterlingni (23-4) nokautga uchratdi;

Veyli Chjan (24-3) hakamlar qaroriga ko‘ra Amanda Lemos (13-3-1) ustidan g‘alaba qozondi;

Ien Gerri (13-0) ochkolar evaziga Nil Megnini (28-11) mag‘lub etdi;

Damon Bleksher (14-6-1) hakamlar qarori evaziga Mario Bautisteni (13-2) mag‘lubiyatga uchratdi;

Marlon Vera (21-8-1) Pedro Munyos (20-8) ustidan zafar quchdi;

Kris Vaydman (15-7) ochkolar evaziga Bred Tavares (20-9) ustidan g‘alaba qozondi;

Gregori Rodriges (14-5) birinchi raundda Denis Tyulyulinni (11-8) nokautga uchratdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »