Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Niderlandiyaning Gaaga, Amsterdam va Vlaardingen shaharlarida qator portlashlar sodir bo‘ldi, deb yozadi NL Times gazetasi politsiyaga tayanib.

Kechasi ro‘y bergan portlashlar natijasida Vlaardingen shahridagi oyoq kiyimlar do‘koni, Amsterdamning Zeydost tumanidagi ikkita uy, Gaagadagi uy va mashinalar zarar ko‘rgan.

Portlash oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Vlaardingenda portlash mahalliy vaqt bilan 2:30 da do‘kon yonida sodir bo‘lgan, portlash oynalarni sindirib, eshikni shikastlagan. Bundan tashqari, binoning fasadi yonib ketgan.

Foto: Reuters

Amsterdamda ikkita portlash ertalab soat 4:50 va 7:00 atrofida sodir bo‘ldi, portlash oqibatida yuzaga kelgan yong‘inlar tez orada o‘chirilgan.

Gaagada mahalliy vaqt bilan taxminan 1:10 da yaqin atrofdagi uylarda portlovchi qurilma ishga tushdi, shundan so‘ng uy eshigi va uning yonida turgan mashina yonib ketdi.

Hozirda voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »