Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, respublikada 652,9 ming nafar pensionerning oladigan pensiyasi 50 dollarga ham yetmaydi.

Foto: “Daryo”

2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra eng yuqori ish haqi bilan pensiya (hisoblangan) tayinlangan fuqarolar 401,9 ming nafarni va eng kam miqdorda pensiya oluvchilar 652,9 ming nafarni tashkil etadi.

Eng kam pensiya va nafaqa miqdorlari O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 28-martdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-45-son farmoni hamda 2023-yil 28-iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-120-sonli farmoniga muvofiq minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi, deya maʼlum qildi jamg‘arma.

Statistika agentligi O‘zbekistonda 2023-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni (47 dollar) tashkil etishini xabar qilgan.

Bu yuqorida ochiqlangan 652,9 ming fuqaro eng olayotgan eng kam miqdordagi pensiya 50 dollarga ham yetmasligini anglatadi.

Maʼlumot uchun, jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan. Respublikada 2022-yilda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati 498 ming so‘m etib belgilangandi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 440 ming so‘mni tashkil etgan.

2023-yil 1-iyul holatiga Pensiya jamg‘armasidan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 million 470 ming 29 nafarni tashkil qiladi. Shundan pensiya oluvchilar 3 million 854 ming 614 nafarni, nafaqa oluvchilar 615 ming 415 nafarni tashkil qiladi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yangi tayinlangan pensiyalar va nafaqalar:

  • yoshga doir pensiyasi oluvchilar – 121 620 nafarni;
  • nogironlik pensiyasi oluvchilar – 15 326 nafarni;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilar – 9 255 nafar oilani;
  • shuningdek, nafaqalar – 55 015 tani tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »