Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada noma’lum dron strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan “Shaykovka” harbiy aerodromiga hujum qildi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalariga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Foto: “Shaykovka” aerodromining sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi 

Baza ma’lumotlariga ko‘ra, 21-avgust kuni ertalab kamikadze droni aerodrom hududiga qulagan. Oqibatda aerodromdagi samolyot shikastlangani aytilmoqda. Jabrlanganlar va infratuzilmaga boshqa zarar yetkazilmagan.

O‘z navbatida, Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha dron hujumi qaytarilgani haqida ma’lum qilgan.

Mash Telegram kanali “Ukraina droni” 21-avgust ertalab soat sakkizlarda aerodrom hududiga qulaganini yozmoqda.

“Bu fuqarolik kopteri bo‘lib, u o‘z vaqtida aniqlangan va urib tushirilgan”, — deyiladi xabarda.

Dron halokatga uchragan joyda chuqurlik hosil bo‘lgan va yong‘in kelib chiqqan, u Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishtirokisiz odamlar tomonidan o‘chirilgan.

Rossiyaga oxirgi dron hujumi

21-avgust kuni ertalab Moskvaga yaqinlashayotgan “Ukraina droni elektron urish vositalari yordamida bostirilgani” ma’lum qilindi. Holat yuzasidan Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida reyslarni qabul qilish va jo‘natishga vaqtincha cheklovlar joriy etildi.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan soat 06:25 dan (Toshkent vaqti bilan 08:25) boshlab reyslarning bir qismi boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi. Ularning faoliyati soat 10:30 dan to‘liq tiklandi.

So‘nggi bir necha haftada Moskva va Moskva viloyati muntazam ravishda dronlar hujumiga uchramoqda

20-avgust kuni Moskva meri va Rossiya Mudofaa vazirligi “Janub yo‘nalishi bo‘yicha Moskvaga dron hujumining oldi olingani”ni ma’lum qildi. 18-avgustga o‘tar kechasi Moskva markazidagi Ekspomarkaz hududiga havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingan uchuvchisiz uchoq parchalari tushdi.

Dronlar aniqlanganda, Moskva havo uzelining aeroportlari (Vnukovo, Domodedovo, Jukovskiy va Sheremetyevo), qoida tariqasida, reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »