Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun ariza bilan murojaat qilgan edingiz, ammo sizga rad javobi keldi. Demak, bunga bir necha sabablar bor. Kadastr agentligi matbuot kotibi Neʼmat Atamurodov qay hollarda kadastr hujjatini berish taqiqlanganini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo”

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti berishni rad etishga sabab bo‘ladigan birinchi holat — hujjat bo‘yicha so‘rovnomada noto‘g‘ri maʼlumotlar ko‘rsatilishidir.

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi ham kadastr pasporti olishga to‘sqinlik qiladi.

Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda ham hujjat berish rad etiladi.

Shu bilan birga, vakolatli organlar tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgan bo‘lsa ham kadastr pasporti berilmaydi.

Avvalroq Kadastr agentligi O‘zbekistonda 2023-yil boshidan beri 3 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinganini xabar qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »