Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farzandli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini uch toifaga bo‘lish mumkin. Ba’zilar internetda bolasining rasmlarini bemalol namoyish etadi, boshqalari bolaning yuzini emojilar bilan yashiradi, uchinchisi esa ularning fotosuratlarini umuman nashr qilmaydi. Bularning qaysi biri to‘g‘ri, qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini aniqlashga harakat qilamiz.

2023-yilning yozida Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga katta qizlarining yuziga emojilar qo‘yilgan oilaviy suratni joylashtirdi. Mediamagnatning posti darhol qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Obunachilardan biri shunday fikr bildirdi: “Bu odam nima uchun ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning yuzini yashirish kerakligini yaxshi biladi”.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Garchi ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarga yuzlarida emojilar bo‘lgan bolalar suratlarini joylashtirsa-da, Sukerbergning yaqinda joylagan surati bu masalani chuqurroq muhokama qilish uchun imkoniyat bo‘ldi.

Internetda bolalarning yuzlarini ko‘rsatmaslik uchun kamida ikkita yaxshi sabab bor. Avvalo, ularning xavfsizligi haqida — begonalar bolaning shaxsiy ma’lumotlariga kirish uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanishlari mumkin.

Albatta, ko‘pchilik Mark faqat katta qizlarining yuzini yashirganini, kichigini ommaga ko‘rsatganini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Gap shundaki, neyron tarmoqlar chaqaloqlarning yuzlarini taniy olmaydi, degan qarash bor. Ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday emas. Sun’iy intellekt chaqaloqning tashqi ko‘rinishini tahlil qilish, hatto uning yoshidagi o‘zgarishlarni “bashorat qilish” qobiliyatiga ega.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Emojidan foydalanishning ikkinchi sababi — bolaning shaxsiy hayotiga bo‘lgan huquqi. Bola ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lishni xohlaydimi yoki yo‘qmi, ongli qaror qabul qila olmaydi. Kelajakda u onasiga yoki dadasiga kulgili ko‘rinadigan rasmni joylashtirgani uchun “rahmat” aytmasligi ham mumkin. Internet hamma narsani eslab qolishini hisobga olsak, bu to‘g‘ri qaror.

Ammo ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha qo‘llanma muallifi Leya Plankett ham ota-onalarni farzandlariga internetda o‘zini namoyon qilish imkoniyatini berishga chaqiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar media makonida sinov va xatolardan o‘tishi kerak.

Ko‘pgina mashhurlar farzandlarining yuzlarini aynan shu sababli yopishadi. Xususan, aktrisa Kristen Bell shunday dedi: 

“Biz qizimizning yuzi internetda tanilishiga qarshimiz, qachonki u buni xohlashini o‘zi aytmaguncha. Bu shaxsni hurmat qilishning oddiy ko‘rinishi”.
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Jurnalist Kelli Konaboy esa shunday deydi: 

“Agar taniqli odam bo‘lsangiz, buni tushunish mumkin, o‘z hayotingizning shaxsiy tomonlarini baham ko‘rishni xohlaysiz. Katta ehtimol bilan siz buni muhim deb hisoblaysiz. Lekin shaxsan men bunday deb o‘ylamayman”.

Kellining so‘zlari qanchalik qattiq bo‘lmasin, obunachi nuqtayi nazaridan uning fikriga qo‘shilish mumkin: chaqaloqlarning suratlari katta badiiy ahamiyatga ega. Axir ularning yuzi juda yoqimli ko‘rinadi. Buni yulduzlar ham biladi, ehtimol shuning uchun ham ular shu yo‘l bilan ham mashhurliklarini mustahkamlab olar.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ehtimol, bolalarning yuzlarini emojilar bilan yopishdan ko‘ra, ularning rasmlarini umuman nashr etmaslik ma’quldir? Fortis Healthcare kompaniyasining ruhiy salomatlik va xulq-atvor fanlari bo‘limi boshlig‘i Kamna Chibber bunday yondashuvni ma’qullamaydi: 

“Ota-onalarning quvonchlarini baham ko‘rish va hayotlari qanday o‘zgarganini ko‘rsatish istagi mutlaqo tabiiy. Ammo agar bir vaqtning o‘zida bolaga qandaydir zarar yetkazish qo‘rquvi bo‘lsa, unda dilemma paydo bo‘ladi. Yechim — fotosuratni qisman yopishdir”.

Hindiston kabi ba’zi madaniyatlarda “yomon ko‘z” — buzg‘unchining bolaga shunchaki qarash orqali zarar yetkazish qobiliyatiga ishonishadi. Chibber bu haqda shunday deydi: “Siz bolangizga hech kim salbiy munosabatda bo‘lishini xohlamaysiz, shuning uchun uni himoya qilasiz”.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ijtimoiy tarmoqlar asrida esa negativlik yetarli. Xulosa qilib aytish mumkinki, faqat ota-onalargina farzandlarining rasmlarini qanday nashr etishni yoki umuman nashr etmaslikni hal qilishadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »