Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 34,9 milliard dollardan oshgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 23,3 foizga oshgan.

Eksport – 14,9 milliard dollar:

  • mahsulotlar – 12 milliard;
  • xizmatlar – 2,9 milliard.

Import – 20 milliard dollar:

  • mahsulotlar – 18,8 milliard;
  • xizmatlar – 1,2 milliard.

O‘zbekiston davlat qarzi 2022-yilda 29,2 mlrd dollarni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizga yetgan. Bu mamlakat davlat qarzining shu paytga qadar eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish prognozlari

O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 5,1 foizni tashkil etishi (Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirda prognoz qilinayotgan eng yuqori o‘sish) va o‘rta muddatli istiqbolda bosqichma-bosqich tezlashishi prognoz qilingan.

Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar bilan bog‘liq transport logistikasidagi qiyinchiliklar oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori bo‘lishiga va shaxsiy iste’molni kamaytirishga turtki bo‘lib qolishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »