Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida 49 kishi tez ovqatlanish kafesida tayyorlangan taomdan zaharlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar berildi. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 2023-yil 14—15-avgust kunlari Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasida joylashgan fastfud taomlarini tayyorlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan “Bir zumda” nomli savdo shoxobchasida tayyorlangan hot-dogdan 49 nafar fuqaro zaharlanib, “ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

21-avgust holatiga ko‘ra, shifoxonada davolanishda bo‘lgan bemorlarning barchasiga amalga oshirilgan tibbiy muolajalardan so‘ng ahvoli yaxshilangani sababli uylariga javob berilgan. O‘rganish jarayonida hot-dog tayyorlashda ishlatilgan sabzi salati Samarqand tuman, “Bog‘i tillo” mahallasida yashovchi fuqaro M.S. tomonidan uy sharoitida tayyorlangani aniqlangan. Sabzi salatini tayyorlashda ishtirok etgan xonadon a’zolari M.S. va A.U.dan ish anjomlaridan tayyor sabzi salati va ichimlik suvidan namunalar olinib, Sanepidqo‘mitaning Samarqand shahar bo‘limi laboratoriyalariga yuborilgan. 

Shuningdek, “Bir zumda” nomli savdo shoxobchasida vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda 2023-yil 18-avgust kuni tekshirish o‘tkazildi. Tekshirish davomida savdo shoxobchasida texnologik ehtiyojlar uchun ishlatilayotgan ish anjomlari markirovkalanmagani, idish yuvish xonasi sanitariya qoida va me’yorlariga zid ravishda tashkil etilgani hamda savdo shoxobchasida xavfsizligi kafolatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan salatlarning ishlatilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Bu esa “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar to‘g‘risida”gi 0027-22-sonli SanQvaMni hamda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning  24-moddasi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi talablari buzilganini ko‘rsatadi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “Bir zumda” nomli savdo shoxobchasining ish faoliyati 18-avgustdan vaqtincha to‘xtatilgan va korxona rahbari A.A.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »