Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati hokimligi yangi qimmatbaho mashina xarid qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Hokimlik matbuot xizmati mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Unga ko‘ra, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, Toshkent viloyati hokimligi yangi avtomobil xarid qilmagan. Shuningdek, yaqin orada yangi avtomobil xarid qilish ham rejalashtirilmagan.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi 15 dona Isuzu NPR 75L-K rusumli yuk transportlari sotib olishi haqida xabar berilgan edi. Vazirlik boshlang‘ich narxi 543 million bo‘lgan transport vositalari uchun jami 8,1 milliard so‘m ajratadi.

Ushbu furgonlar prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarorining 5-ilovasiga asosan sotib olinishi belgilangan. Mazkur transport vositalari O‘zbekiston davlat musiqali komediya teatri, Yosh tomoshabinlar teatri va viloyatlardagi boshqa qator teatrlar uchun mo‘ljallangan.

2022-yilda Madaniyat vazirligi salkam 16 milliard so‘mga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilgani haqida xabar berilgandi. 2023-yil aprelda esa vazirlik xarid qilgan mazkur avtomobillar namoyish etildi.

Xabarga ko‘ra, ushbu maxsus avtomobil Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Bunday zamonaviy avtotransport vositasini tayyorlash imkoniyati bo‘yicha xorijiy davlatlar o‘rganilgani va eng ma’quli sifatida Xitoy tanlanib, vazirlik tomonidan OMDM va Huayuan kompaniyasi bilan muzokara olib borilgan edi. Muzokara xulosasiga ko‘ra, OMDM kompaniyasi tomonidan 873 ming dollar, Olmaota shahridagi Kazakhstan musical technologies filiali tomonidan 900 026 dollar taklifi (bitta maxsus avtotransport vositasi xaridi uchun) bildirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »