Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tom Xenks

Foto: Cosmopolitan

“Oskar” mukofoti sohibi 2013-yilda qandli diabet haqida so‘z ochgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor 1992-yildan buyon kasallik bilan kurashib kelgan va keyinchalik u kasallikning ikkinchi turiga o‘tgan. Bunga asosiy sabablardan biri — doimiy suratga tushish ishlari uchun parhez tutish hamda vazndagi kuchli o‘zgarishlardir.

“Men bezovta qilayotgan belgilarga e’tiborsiz bo‘lgan, natijada kasallik tashxisini olgan dangasa amerikaliklarning avlodidanman… Bu ahmoqlikning o‘zginasi”, − deydi aktyor.

U kasallik bilan yashashga ko‘nikdi va hozirda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

Xelli Berri

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa 19 yoshidayoq qand kasali haqida bilib, darhol parhez qilishni boshlagan va hozirgacha bunga amal qiladi. Avvaliga u tez orada vafot etishini tan olgan edi. Ammo buni taqdirning bir sovg‘asi hamda sog‘lom turmush tarzini olib borishga ishora sifatida qabul qildi.

Sheron Stoun

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa qandli diabetning birinchi toifasi bilan kasallangan. U muntazam ravishda insulin dozasini qabul qiladi. Aktrisa go‘zal ko‘rinishning siri nimada, degan savolga: “Hech qanday sir yo‘q. Men kerak bo‘lgan barcha ishni qilaman: to‘g‘ri ovqatlanish, uxlash va sport bilan shug‘ullanish. Men juda ham baxtliman”, — deya javob bergan.

Jorj Lukas

Foto: Cosmopolitan

“Yulduzlar jangi” rejissori Vyetnamda xizmatni o‘tash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda qand kasalining ikkinchi turida ekanini bilgan. Ehtimol, kasallik otasi yoki bobosidan o‘tgandir.

Nik Jonas

Foto: Cosmopolitan

Hind aktrisasi Priyanka Chopraning turmush o‘rtog‘i 13 yildan buyon qand kasali bilan yashab kelmoqda. “Ushbu kasallik meni tamom qilishi mumkin edi, shukrki, bunday bo‘lmadi. Odatdagidek hayot kechiraman, muntazam ravishda qondagi qand miqdorini o‘lchayman va insulin qabul qilaman”, − deydi Jonas.

Yuliya Savicheva

Foto: Cosmopolitan

Rossiyalik qo‘shiqchi homiladorlik vaqtida qandli diabetga chalingan. Bunday holat tez vazn ortishi tufayli taxminan 5 foiz ayollarda uchraydi. Tug‘ruqdan keyin kasallik ham bartaraf etilishi mumkin, ammo parhezni davom ettirish kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »