Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini doim qo‘llab-quvvatlab kelgan va bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng OAV vakillari uchun bayonotida aytib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Qorabog‘da tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko‘lami va sur’atini yuqori baholadi.

“Saylovdan keyingi birinchi tashrifimni aynan Ozarbayjonga amalga oshirayotganim ramziy ma’noga ega. Bu ikki tomonlama hamorligimiz eng yuksak darajaga chiqqani, yaqinlashishga o‘zaro intilish borligi, sheriklik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Ikki davlat o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

“O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida hech qanday muammoli masalalar yo‘qligini ta’kidlash joiz. Biz qardosh xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida katta salohiyatdan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlari va mexanizmlarini izlash dolzarb ekaniga urg‘u berdik”, — dedi davlat rahbari.

O‘zbekiston va Ozarbayjonning Oliy davlatlararo kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning imzolangani ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi. Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida ko‘p qirrali sheriklikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Davlat rahbarlari savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor berdi. Avtomobilsozlik, metallurgiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlardagi yirik loyihalar muhokama qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shuningdek, yangi logistika zanjirlarini rivojlantirish va infratuzilmani barpo etish, yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha loyihalarni amadga oshirishga kelishib olindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikning yana bir drayveri sifatida ikki mamlakat hududlarining imkoniyatlari maksimal darajada ishga solinadi. Hokimlar va ma’muriyatlar rahbarlari yangi kooperatsiya loyihalari va gumanitar almashinuvni ilgari surish uchun joylarda muntazam uchrashadi.

Ayni paytda O‘zbekiston hududida Ozarbayjon kapitali ishtirokida 203 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 66 tasi qo‘shma korxona va 137 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan. 2020-yilda O‘zbekiston—Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi tuzilgan bo‘lib, hozirga qadar 3 ta uchrashuv  bo‘lib o‘tdi. 2023-yil fevralida O‘zbekiston va Ozarbayjon ustav kapitali 500 million dollar bo‘lgan Investitsiya jamg‘armasini tashkil etdi.

2021-yil sentabrida UzAuto Motors va Hojig‘abul shahridagi SamAuto zavodining yig‘ish liniyasi ishga tushirildi. Unda UzAuto Motors ning barcha rusumdagi avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.

Turizm industriyasini rivojlantirish, jumladan, turistik oqimlarni almashish, sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish va infratuzilmani rivojlantirish sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etishi va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Muzokaralarda madaniyat sohasidagi aloqalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat sohasidagi aloqalar jadal rivojlanmoqda. Muntazam ravishda delegatsiyalar, jumladan, oliy darajadagi delegatsiyalar almashinuvi amalga oshirilmoqda.

Xususan, Ozarbayjon madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya xalqaro maqom san’ati forumida (2018), Birinchi xalqaro xalq amaliy san’ati festivalida (2019) va “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumida (2021) ishtirok etdi. 2019-yilning 2—4-noyabr kunlari Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari Xorazm viloyatida, 20—23-oktabr kunlari Toshkent, Nukus va Urganch shahardarida, 2022 yil 8-9 aprel – Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ozarbayjonning Fizuli shahrida 960 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurilishiga ko‘mak bermoqda.

Yaqinda Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Ushbu tadbirlar doirasida Bokuda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriyning ozarbayjon tiliga tarjima qilingan “O‘tkan kunlar” romani taqdimot qilindi.

Madaniyat va kino kunlari, ijod va ilm-fan arboblarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazib boriladigan bo‘ldi. 2023-yilda O‘zbekistonda birinchi O‘zbekiston—Ozarbayjon yoshlar forumi tashkil etiladi.

Yetakchilar BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti, MDH, YXHT, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa ko‘p tomonlama institutlar doirasida ham samarali muloqotni davom ettirishga kelishdi.

“Bugungi muzokaralar strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishimiz qat’iy ekanini yana bir bor namoyish etdi. Sa’y-harakatlarimiz aniq natijalarga qaratilgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »