Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Afrika Respublikasidagi sammitdan so‘ng BRICS’ga besh davlat – Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Braziliyaning UOL nashri sammit yakuniy hujjati loyihasiga tayanib xabar bermoqda.

JARda BRICS sammiti bo‘lib o‘tmoqda
Foto: UOL

UOL ma’lumotlariga ko‘ra, BRICS’ga qabul qilinadigan davlatlar geografik asosda tanlangan. Bundan tashqari, Argentina va Saudiya Arabistonining G20 aʼzosi ekani ham hisobga olingan.

Keyinroq JAR prezidenti Siril Ramafosa yuqoridagi besh davlatdan tashqari Efiopiya ham tashkilotga taklif qilinishini aytdi:

“Biz BRICS’ga Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAAni rasman taklif etishga qaror qildik. Ularning a’zoligi 2024-yil 1-iyuldan boshlanadi”.

Ayni paytda BRICS beshta davlatdan — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JARdan iborat. BRICS’ga a’zolik uchun 23 davlat tomonidan arizalar berilgan.

Oxirgi marta BRICS 2010-yilda kengaydi — o‘shanda unga JAR qo‘shildi.

22—24-avgust kunlari Yoxannesburgda BRICS sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika davlatlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kelgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya orqali ishtirok etishini ma’lum qilgan.

Avval BRIСS sammiti qo‘riqchilari yanglishib Si Szinpinning yordamchisini qo‘lga olgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »