Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi respublika bo‘yicha metan zapravkalarga tabiiy gaz belgilangan talabga asosan yetkazib berilayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, metan gazning narxi ham oshgani yo‘q.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metan zapravkalarda navbatning uzayib borayotgani, bunga bir qator metan zapravkalarning yopiqligi sabab bo‘layotgani, mazkur vaziyat metan narxining oshishidan darak bo‘lishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqaldi.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, barcha metan zapravkalarga avgust oyi uchun ham ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan. Hech qanday cheklov kiritilmagan.

“Qaysidir metan zapravka o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turgan bo‘lsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boshqa bir omil tufayli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avval taʼkidlaganimizdek, metan zapravkalarda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q”, — deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, aholi va boshqa toifadagi isteʼmolchilar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oshirilishi haqida avvaldan ogohlantiriladi.

“Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin”, — deyiladi vazirlik xabarida.

May boshlarida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi metan gaz zapravkalarida turnaqator navbatlar yuzaga kelayotgani, haydovchilar soatlab navbat kutishga majbur bo‘layotgani haqida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »