Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, BRICS’ga aʼzo davlatlar o‘rtasida yagona valyuta yaratish masalasi muhokama qilinmayapti. Shu bilan birga, AQSh nazoratidagi tizimga bog‘liq bo‘lmagan o‘zaro savdo va hisob-kitoblar varianti ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

“Hozir hech kim yagona valyuta haqida gapirmayapti. Hozirda barcha eʼtibor o‘zaro savdo va iqtisodiy loyihalar, sarmoyalarni Qo‘shma Shtatlar va uning G‘arb ittifoqchilari nazorat qiladigan tizimga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish yo‘llarini topishga qaratilmoqda”, — dedi Lavrov.

Foto: RIA Novosti

Sergey Lavrov o‘zaro savdoda milliy valyutalardan foydalanish, keyin esa muqobil to‘lov tizimini yaratish uchun asos bo‘lishi kerak bo‘lgan BRICS zaxira valyutalari loyihasini eslatdi.

“Bu qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi haqida moliya vazirlari va markaziy banklar raislari shug‘ullanishadi”, — deb tushuntirdi vazir va 2024-yilda Qozonda bo‘lib o‘tadigan sammit uchun davlat rahbarlari uchun tavsiyalar tayyorlanishini qo‘shimcha qildi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 22-avgust kuni BRICS mamlakatlari dollarga muqobil yagona hisob birligini yaratishi mumkinligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »