Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskining aytishicha, 2024-yilda mamlakat budjetidan harbiy xarajatlar – armiyani moliyalashtirish va davlat chegarasini mustahkamlash uchun 158 milliard zlotiydan ko‘proq (38,1 mlrd dollar) ajratiladi.  Bu 2023-yilga nisbatan 15,2 foizga ko‘p hisoblanadi.

“Ko‘p inqirozlarga qaramay, biz bu yil uchun mablag‘ topdik. Butun budjetning holatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, men uchta asosiy ustunga e’tibor qaratgan bo‘lardim. Birinchisi, keng ma’nodagi jismoniy xavfsizlik, chegaralarimiz xavfsizligi va armiyamizni moliyalashtirish”, — dedi Moravetski. 

Foto: AP

Iyul oyi boshida “Vagner” yollanma askarlarining Belarusga ko‘chirilishi munosabati bilan Polsha chegaraga 1000 nafar askar va 200 ga yaqin texnikani jo‘natishga qaror qilgandi. Keyin chegaradagi askarlar soni 2 mingga yetkazildi. Polsha hukumati chegarada yangi bo‘linmalar va harbiy qismlarning tashkil etilishini e'lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »