Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati hokimligi matbuot kotibi viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga o‘tayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik so‘raladi.Viloyat rahbari o‘z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda”, — deyiladi munosabatda.

Viloyat hokimligi matbuot kotibi, shuningdek, keng jamoatchilikdan hech qanday asosga ega bo‘lmagan, turli taxmin va talqinlardan iborat xabarlarga ishonmaslikni so‘ragan.

Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov 2018-yil iyul oyida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. Bungacha u 1991-yildan 1995-yilgacha “O‘zsanoatqurilishbank”ning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatgan. 1995—1996-yillarda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, 1996-yildan 2000-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo‘limida boshqaruvchisi sifatida ishlagan. 2000-yildan 2008-yilgacha esa Xatirchi tumani hokimi bo‘lgan.

2008-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Turdimov o‘sha yili Navoiy viloyat hokimi lavozimiga tayinlangandi. U Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lguniga qadar Navoiyda faoliyat ko‘rsatgan.

Bugun, 24-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Samarqandga jo‘nab ketdi. Tashrif davomida taʼlim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat ko‘rsatish loyihalari ko‘zdan kechiriladi. Mutasaddilar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »