Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Boy insonlar odatda uy hayvonlariga mehr qo‘yishi haqida ko‘p eshitgansiz. Ular ko‘p hollarda itlar yoki mushuk boqishni afzal ko‘radi, agar bu holat sizga oddiydek ko‘rinayotgan bo‘lsa, o‘zingizga g‘ayrioddiy uy hayvonini olishni istasangiz, Xitoy xalqining tajribasiga murojaat qilishingiz mumkin. U yerda badavlat insonlar g‘ayrioddiy o‘yinchoqlardan foydalanishadi. Ularning uy hayvonlari qo‘lda yasaladi, ya’ni mango urug‘idan yasaladigan momiq, kichkina itlar xitoylik boy insonlarning hamrohiga aylanadi.

Foto: Wday

Hammasi oddiy. Meva urug‘i tartibga solinadi — taraladi, kerakli shaklni hisobga olgan holda, ustiga tumshuq chizib, uni it deb atashadi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, xitoyliklar bunday mahsulotlarni o‘zlari yasamaydi, ular o‘yinchoqni reklama saytlaridan va hatto bozorlardan sotib olishadi.

Uy hayvonlari bir necha xil zotga ega bo‘ladi. Ularning uzun sochli, kalta sochli, ostevaya kabi turlarini xarid qilish mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday uy hayvonlari oyiga 20 ming yuan daromadga ega bo‘lgan moliyaviy jihatdan xavfsiz insonlar tomonidan sotib olinadi. Tadqiqot natijalari buni tasdiqlaydi.

Foto: Wday

Bu kabi 30 yoshdan oshgan insonlar orasida ish joyida ruhiy tushkunlik yoki charchoqni boshdan kechiradiganlari ham bor. Taxminlarga ko‘ra, ular shu tarzda o‘zlarining hissiy holatini yaxshilashni, alohida g‘amxo‘rlik talab qilmaydigan do‘st topishni xohlashadi. Mango urug‘idan yasalgan it bilan yurish, ovqatlantirish, cho‘miltirish uchun vaqt ajratish kerak emas.

Foto: Wday

Siz ushbu o‘yinchoq bilan uxlashingiz, uni cho‘ntagingizda olib yurishingiz, do‘stlaringizga ko‘rsatishingiz, kiyintirishingiz, tarashingiz va rangini o‘zgartirishingiz mumkin. Nima sababdan mango urug‘idan yasalgan itni yangi paydo bo‘lgan qo‘lda yasalgan o‘yinchoq emas, uy hayvoni deb atashganini tushunish qiyin, biroq boy insonlarning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Oxir-oqibat, bunday itlar faol ravishda sotib olinadi va agar talab mavjud bo‘lsa, unda taklif ham o‘sadi.

Foto: Wday

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »