Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mamlakatda qariyb 4,5 million chekuvchi bor. Bu haqda “Tamakisoz” assotsiatsiyasi raisi muovini Muxtor G‘aniyev “Daryo” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Muxtor G‘aniyev
Foto: “Daryo”

Muxtor G‘aniyevning aytishicha, chekuvchilar sonini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan.

2022-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir qator ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda nosvoy va sigaret masalasini o‘rganib chiqdik. Hisob kitoblarga qaraganda, O‘zbekistonda 4,5 million chekuvchi bor. Shundan yarmidan ko‘prog‘i — 2,4 million nafari sigaret chekadi. Qolganlari (2,1 million nafari) nosvoy chekadi.

Unisi ham, bunisi ham zahar. Lekin tahlil natijalari qo‘lbola nosvoylarning zahari ko‘proq ekanini ko‘rsatdi. Uning tarkibida og‘ir metallar, xususan, rux, stronsiy va boshqa zaharli elementlar mavjud. Ular og‘iz bo‘shlig‘i, jig‘ildonga tushishi oqibatida saraton kasalligiga olib keladi. Turli onkologik kasalliklar keltirib chiqaradi. Odamlar “pochka”si, jigari “ketib” qolibdi, deyishadi.

Ko‘pchilik u kasallik qanday kelib chiqishini bilmaydi. Shuning uchun aytgan bo‘lardimki, sigareta ham, nosvoy ham isteʼmol qilmang. Ikkovi ham inson salomatligi uchun zararli”,— dedi mutaxassis.

Olimlar chekish taʼsiri ostida organizmda 25 dan ortiq kasalliklar rivojlanishi kuchayishini aniqlagan. Xususan, o‘pka saratoni va miokard infarktining chekish bilan bog‘liqligi haqida ilmiy dalillar mavjud. Yurak-ishemik xastaligi va insultdan o‘lim holatlarining 70 foizi chekuvchi hamda spirtli ichimliklar ichuvchi odamlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Gemorroy, surunkali gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari kelib chiqishining sabablaridan biri ham tamaki va nosvoy chekish bilan bog‘liq. O‘rganishlarga ko‘ra, nosvoy isteʼmol qiladigan erkaklarda bepushtlik, og‘iz va milklarning yallig‘lanishi, milklar atrofiyasi, kariyes kabi kasalliklar kuzatiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish rasman taqiqlangani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »