Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mart oyida chegirma eʼlon qilinib, UNG Petro zapravkalaridagi Ai-92 benzinining narxi 9200 so‘mdan 7 500 so‘mga tushirilgandi. Avgust oyi o‘rtasidan mazkur markali benzin yana 9200 so‘mdan sotilmoqda. OAV vakillari uchun Qashqadaryoga uyushtirilgan press–turda “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov narx o‘ynashi bilan bog‘liq vaziyatni izohladi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Bahodir Siddiqov
Foto: “Daryo” / Islombek Umaraliyev

Bahodir Siddiqovning aytishicha, benzin sotish jarayonida bozor mexanizmlari ishlamoqda.

“Bu davlat boshqaruvidagi masala emas. Har bitta yetkazib beruvchi bozor sharoitidan kelib chiqib mahsulot narxini belgilaydi. Mart oyida Ai –92 benzini uchun eʼlon qilingan aksiya iqtisodiy samaradorlikdan kelib chiqilgandi. Qish o‘ta sovuq keldi. O‘sha paytda juda katta miqdorda benzin import qilingan. Import turgan mahsulotlarni naqd pulga aylantirish maqsadida bu aksiya eʼlon qilingan. Aksiyamiz ayrim sabablarga ko‘ra cho‘zilib ketdi. Hozir uni to‘xtatganmiz.

Bu bozor. Bugun brent neftining narxi oshib ketdi. Shunga qarab bozor o‘ynab turishi kerak. Bu bozorni o‘ynaganidan hammamiz yutamiz. Masalan, agar biz benzin narxini sunʼiy ravishda past ushlab tursak, bu ertami-kechmi yetishmovchilik keltirib chiqaradi. Oddiy misol, Ai–92 benzini narxini past holatda ushlab turganimizda bizga juda ko‘p eʼtirozlar keldi. Chunki boshqa zapravkalar 9 500 so‘m sotayotgan benzinni biz aksiya qilib 7 500 so‘mdan sotdik. Benzinning narxini pasaytirish hisobiga mahsulotimizda kamomad yuzaga kelishni boshladi. Yaʼni biz yetkazib berishni eplay olmay qoldik. Bu ertami kechmi baribir defitsitga olib keladi. Shuning uchun bozor sharoitlaridan kelib chiqib sotishga qaror qildik”, — dedi kompaniya rahbari.

Bahodir Siddiqovning qo‘shimcha qilishicha, respublikada mavjud 2500–3000 ta zapravkadan 69 tasi “O‘zbekneftgaz”ga qarashli. Mazkur AYOQSHlar ko‘pchilik o‘ylaganidek katta foyda keltirmaydi.

“Bular pulni tagida qolib yotipti”, deydiganlar uchun benzinning tannarxi haqida gapirib beraman. Bizda zapravkalar bilan shug‘ullanadigan ikkita korxona bor. Bittasini Tataristonning Tatneft kompaniyasi bilan tuzganmiz. U bilan Toshkent shahrida 1 ta gaz shoxobchamiz bor. Va UNG Petro da 69 ta zapravkamiz mavjud. 2022-yilda Tatneft bilan zapravkamizdan 8 milliard so‘m divident oldik. Bu jami daromadning yarmi. Chunki u zapravkaning yarim ulushiga egalik qilamiz. Qolgan 69 ta zapravkadan ham 8 milliard so‘m daromad oldik. Yaʼni o‘tgan yili 69 ta zaprakadan 100 foizli ulushimiz bilan 8 milliard so‘m foyda olgan bo‘lsak, narigi 1 ta zapravkaning 50 foiz ulushi bilan ham 8 milliard so‘m foyda olindi. Shuning uchun bizni monopol tashkilot, deb ayblashlari menga juda ham og‘ir botadi. Biz ijtimoiy majburiyatimizni his qilamiz. Biz doim foyda olishga eʼtibor qaratmaymiz. Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan taʼminlash bizning ijtimoiy vazifamiz. Bundan keyin ham vazifamizni bajaramiz”, — dedi “O‘zbekneftgaz” raisi.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” AJ departamenti boshlig‘i Jamshid Bagirov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekistonda benzinga talabning keskin oshishi va narxlar ko‘tarilishi mumkinligini inobatga olib, qator choralar ko‘rilganini aytgandi.

Izoh

У́ЗИГА БЕК

28.08.2023, 04:43

Манапол булар нимага Казогистонда 92 бензин бизнинг сумга хисобланганда 5100 сумга тугри келади улар шунча йиллардан бери зарарига ишледи эканда и оиликлари хам бизникига караганда 1,5 баравар куп олик беради бизда эса арзимаган оилик беради ва бензини отасини нархини куйгандек куйишади нимага унда бизниклар хам ойликни кушни давлатларга ухшаб беришсин сенлар хакикий манополсанлар

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »