Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya ishtirokisiz g‘alla bitimi haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini aytib o‘tdi.

“Agar Rossiya ishtirok etayotgan shartnoma haqida gapiradigan bo‘lsak, u Rossiya Federatsiyasisiz ishlay olmaydi. Bu umuman mumkin emas. Agar Rossiya ishtirok etmaydigan boshqa ba’zi shartnomalar haqida gap ketadigan bo‘lsa, unda bu haqda xuddi shunday — ochiq-oydin yozish kerak”, — ta’kidladi Zaxarova.

 
 
Foto: “RIA Novosti”
 
 

Shuningdek, u don kelishuvi Sergey Lavrov va turkiyalik hamkasbi Hoqon Fidan o‘rtasida Moskvada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo‘lishini ham aytib o‘tdi.

Avvalroq Turkiya “don kelishuvini” yangilash bo‘yicha takliflar ustida ishlayotgani, ehtimoliy muzokaralar Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi.

Keyinroq esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga borishi, uning bu tashrifi g‘alla bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishni davom ettirish uchun muhim qadam bo‘lishi ma’lum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »