Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilda respublikadagi maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelinadi. Bu haqda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasiga doir o‘quv-seminarida ma’lum qilindi.

 
 
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, seminarda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olingani aytilgan. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

 
 
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
 

Vazirlik tomonidan tashkil etilgan treninglarda xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar hamda o‘qitish metodikasi haqida muloqot qilindi.

 
 
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
 

Treninglar doirasida, shuningdek:

  • O‘zbekistonning tarixiy rivojlanishi, madaniyati va ta’lim tizimi,
  • iqtisodiy taraqqiyotda maktab ta’limining o‘rni,
  • xorijiy mutaxassislarning o‘quvchilarda xorijiy fanlarni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda vazifalari,
  • xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari hamda o‘qitish metodikasi haqida so‘z yuritildi.
 
 
Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »