Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Reuters agentligiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi hududiga dronlar hujumlari soni ortib borishini aytdi.

Podolyak, shuningdek, hozircha Rossiya bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish imkoniyatini rad etib, har qanday muzokaralar Ukraina tomonidan “taslim bo‘lish”ni anglatishini aytdi.

Foto: AFP

“Rossiya Federatsiyasi hududidan uchirilgan dronlar hujumlari soni ortib bormoqda va bu hujumlar soni yanada ko‘payadi... Chunki bu urush bosqichi... harbiy harakatlar bosqichma-bosqich Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tadi”, — dedi Podolyak.

Avvalroq Zelenskiy “urush Rossiya hududiga ko‘chishi kerakmi?” degan savolga javob berar ekan, Ukraina mojarosi Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tmasligi kerakligi, chunki Ukraina “yakka qolib ketishi” xavfi borligini aytdi.

O‘z navbatida Ukraina Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov juma kuni Zelenskiyning mojaro Rossiya hududiga o‘tmasligi kerakligi haqidagi fikriga qo‘shilmasligini aytdi.

Ukraina 30-avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning bir qator hududlarida dronlar yordamida yirik hujumlar uyushtirdi, xususan, Pskov aeroporti hujumga uchradi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »