Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

29-avgust kuni pop madaniyatining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Maykl Jekson 65 yoshga to‘lgan bo‘lardi. 15 dan ortiq “Gremmi”, yuzlab boshqa mukofotlar va afsonaviy “oy yurishi” bilan mashhur bo‘lgan amerikalik xonanda o‘zi xohlagan hamma narsaga ega edi. Quyida uning qimmatbaho va mashhur buyumlari, avtograflari va boshqa atributlariga nima bo‘lgani haqida gaplashamiz.

Ladi Gaganing kolleksiyasi

Foto: Getty Images

Yana bir estrada yulduzi — Ledi Gaga Maykl Jeksonning liboslarini kolleksiya qiladi. U kumirining kiyimlarini muzey eksponatlari kabi haroratni nazorat qiluvchi maxsus xonada saqlaydi. Xonandaning birinchi xaridlaridan biri 2012-yilda Jeksonning 55 ta mahsulotidan iborat kolleksiyasi edi. Shunday qilib, birinchi Bad world turnesidagi ko‘ylagi va yuz minglab dollarlik Swarovski kristallari bilan bezatilgan oq qo‘lqopi Gagaga tegishli. Bir necha yil oldin uning shaxsiy kolleksiyasida xonandaning 400 ga yaqin buyumlari mavjudligini aytgandi. O‘shanda Gaga uning sharafiga muzey ochishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Thriller” klipidagi kurtka

Foto: Getty Images

2011-yilda “Thriller” klipida kiyilgan qizil-qora kurtka auksionga qo‘yiladi. Aynan 1983-yilda Maykl Jeksonning mazkur klipi o‘sha paytda musiqa tarixidagi eng qimmat — yarim million dollarlik klipga aylanadi. Mashhur kurtka Gollivudning mashhur dizayneri Debora Nadulman-Landis tomonidan yaratilgan. Texaslik birja treyderi Milton Verret kimoshdi savdosida 1,8 million dollarlik yakuniy taklifni berib, mashhur kurtkani sotib oladi.

Esdalik uchun dastxatlar

Foto: Getty Images

Maykl Jekson kabi yulduzlarning avtograflari, ayniqsa, ularning o‘limidan so‘ng oltinga teng baholanadi. Raqamlar bilan aytganda – ming dollardan bir necha o‘nlab va hatto yuz minglab dollargacha. Muxlislar va kolleksionerlar butun dunyo bo‘ylab avtograflar uchun ov qilishadi. Hamma ham esdalik sovg‘alarini olishning uddasidan chiqavermaydi — dastxatlar, fotosuratlar va boshqalar. Rossiyalik yulduzlar orasida Maykl Jekson avtografining baxtli egasi qo‘shiqchi Lyusi Chebotina bo‘lib, u yaqinda o‘z quvonchini tomoshabinlar bilan baham ko‘rdi.

Chinni haykal

Foto: Getty Images

Maykl Jekson bilan bog‘liq eng qimmat buyumlardan biri taniqli rassom Jeff Kunsning 2001-yilda 7,5 million dollarga baholangan haykali hisoblanadi. Oltin bilan qoplangan chinni haykalchada qo‘shiqchi bilan uning sevimli jonivori — Babblz laqabli shimpanze ham tasvirlangan. Pop qirolidan ilhomlangan Kuns birinchi marta 1988-yilda ko‘rgazmasi uchun badiiy obyekt yaratadi. O‘shanda Jeksonning ba’zi muxlislari qo‘shiqchining tashqi qiyofasi unchalik o‘xshamagani haqida salbiy fikrlar  bildirishgan. Biroq rassomning o‘zi bu asarni juda yaxshi ko‘radi. “Agar men kimdir bo‘lishim mumkin bo‘lsa, u Maykl Jekson bo‘lardi”, — degan Kuns bir necha bor.

Kardashyan oilasi uchun sovg‘alar

Foto: Getty Images

Maykl Jekson kolleksiyalari hamma narsaga ega bo‘lganlar uchun sovg‘a variantidir. 2019-yilda Kim Kardashyan Rojdestvoda qiziga Jekson Elizabet Teylorning 65 yoshi nishonlangan bazmda kiygan baxmal ko‘ylagini sovg‘a qiladi. Ikkinchi sovg‘a “Smooth Criminal” klipida kiygan shlyapa bo‘ladi. Kardashyan ijtimoiy tarmoqlarda ta’kidlaganidek, shlyapada pop-qirolning kosmetika izlari ham saqlanib qolgan.

Eksklyuziv transport

Foto: Getty Images

Maykl Jekson g‘ayrioddiy mashinalarni yaxshi ko‘rishi bilan mashhur edi. Uning ulkan kolleksiyasida kareta ham, Rolls Royce limuzini ham bo‘lgan. Limuzinning interyeri xonandaning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan. Kristallar bilan bezatilgan va 24 karatli oltin bilan qoplangan salon qimmatbaholigi bilan hammani lol qoldirgan va tom ma’noda qirollar saroyini eslatgan.

“Oy yurishi” paypoqlari

Foto: Getty Images

Bugungi kunda mashhur “oy yurishi”dan roppa-rosa 40 yil o‘tdi. 1983-yilda Maykl Jekson “Billie Jean” qo‘shig‘i uchun katta kristallar bilan bezatilgan oq paypoqda sahnaga chiqadi. Bir necha yil oldin qo‘shiqchining ko‘plab buyumlari sotilgan kimoshdi savdosida bir juft paypoq 2 million dollarga baholangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »