Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oshqozon-ichak trakti saratonining eng keng tarqalgan turlari qizilo‘ngach saratoni, oshqozon saratoni, kolorektal saraton, oshqozon osti bezi saratoni va jigar saratoni hisoblanadi.

Bugungi kunda Acıbadem oshqozon-ichak onkologiyasi bo‘linmasi ushbu sohada dunyodagi yetakchilardan biri bo‘lib, bemorlarga keng qamrovli va zamonaviy xizmatlarni taklif etadi.

Oshqozon-ichak traktining barcha saraton kasalliklarini davolash uchun ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli guruh: gastroenterologlar, umumiy profildagi jarrohlar, tibbiy onkologlar, radiatsiya onkologlari, interventsiyaviy radiologlar va parhezshunoslar talab etiladi.

Oshqozon-ichak trakti saratonini davolash

Oshqozon-ichak trakti saratonini davolashning uchta asosiy strategiyasi: jarrohlik aralashuvi, nur bilan davolash va kimyoviy terapiya, immunoterapiya va maqsadli terapiyani o‘z ichiga olgan tizimli terapiya mavjud. Uchala davolash uslubi ham kasallikning ham erta, ham kech bosqichlarida qo‘llaniladi.

So‘nggi 10 yil ichida tibbiy texnologiyalarning izchil rivojlanishi oshqozon-ichak trakti saratonini davolashda yangi davrni boshlab berdi. Shunday qilib, omon qolish darajasi yil sayin yaxshilanmoqda. “Masalan, bugungi kunda oshqozon-ichak trakti saratonining eng keng tarqalgan turi bo‘lgan kolorektal saraton muvaffaqiyatning yuqori ehtimoli bilan davolanadi. Maqsadli terapiya saraton hujayralaridagi o‘ziga xos anormalliklarga ta’sir qiladi, saraton hujayralarining o‘sishi va tarqalishini to‘xtatadi. Yana bir misol, Acıbadem’da oshqozon osti bezi saratonini davolash, bu yerda MRT yordamida nur terapiyasi qo‘llaniladi, bu esa yumshoq to‘qimalar va o‘smalarni real vaqt rejimida ko‘rish va kuzatish imkonini beradi. Shunday qilib, radiatsiya dozasini oshirish va kamroq toksiklik va kamroq nojo‘ya ta’sirlar bilan yaxshi natijalarga erishish mumkin”, — deydi oshqozon-ichak trakti saratonini davolashga ixtisoslashgan tibbiy onkologiya professori Huseyin Engin.

Kolorektal saraton kasalligidan keyingi hayot: haqiqiy voqea

Kolorektal saraton alomatlariga defekatsiyadagi o‘zgarish, rektal qon ketish, tushunarsiz vazn yo‘qotish, qorin og‘rig‘i yoki spazmalar va qusish kiradi. Miryana 63 yoshida unga kolorektal saraton kasalligi tashhisi qo‘yilganida bu alomatlarga ega edi. Buning ustiga, o‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash mumkin emas edi. Operatsiyadan oldin unga kimyoterapiya va nur terapiyasi zarurligi to‘g‘risida xabar berilganida, o‘g‘li ikkinchi fikrni olish uchun Turkiyadagi Acıbadem’ga qo‘ng‘iroq qildi. 3 yil oldin, jahon darajasidagi shifokorlar uni Acibadem’da davolashgan, shuning uchun u darhol onasini davolash uchun u yerga borishga qaror qildi. Miryananing tibbiy xulosalari tibbiy onkologiya professori Huseyin Enginga topshirildi.

Professor immunoterapiyani qo‘lladi, bu immunitet reaktsiyalari orqali saraton hujayralarini yo‘q qiladigan maxsus dorilarni qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Olti oylik terapiyadan so‘ng o‘simta butunlay yo‘qoldi. “Terapiyaning barcha bosqichlaridan so‘ng, ko‘zlarim umid va xotirjamlik ko‘z yoshlariga to‘ldi. Men nihoyat so‘nggi 2 yil davomida saratonsiz hayot kechirayapman. Barcha shifokorlar va Acıbadem xodimlariga katta rahmat”, — deydi Miryana.

Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan Acıbademʼning Toshkent va Samarqanddagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: +998 95 144 54 45

Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.

Telefon: +998 66 234 41 71

Rasmiy sayt orqali barcha kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlarni olish uchun, hamda tajribali va yuqori malakali shifokorlarning qabuliga yozilish uchun Acıbadem rasmiy Facebook vа Instagram sahifalariga aʼzo bo‘lishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »