Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya 4-sentabrga o‘tar kechasi Izmoil porti hududidagi dronlar bilan hujum qildi, bir nechta Shahed-136/131 dronlari Ruminiya hududiga qulab tushdi va portladi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Oleg Nikolenko xabar berdi.

Foto:  Oleg Nikolenko / Facebook 

Ukraina Davlat chegara xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, bugun tunda Rossiyaning Izmoil porti hududidagi yirik hujumi chog‘ida Shahed’lar Ruminiyaga tushgan. 

Bu Rossiya raketa terrori nafaqat Ukraina xavfsizligiga, balki qo‘shni davlatlar, xususan, NATOga a’zo davlatlar xavfsizligiga ham katta tahdid solayotganining yana bir tasdig‘idir, — deb yozadi Nikolenko.

Shu munosabat bilan Ukraina qo‘shimcha raketaga qarshi va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari hamda jangovar samolyotlar yetkazib berish uchun hamkor davlatlarga murojaat qildi.

“Hamkorlarni Ukrainani qo‘shimcha zamonaviy raketaga qarshi va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari hamda jangovar aviatsiya bilan ta’minlashni tezlashtirishga chaqiramiz, bu esa Ukraina, shuningdek, qo‘shni davlatlar infratuzilmasini himoya qilishni kuchaytiradi”, — deydi Ukraina TIV vakili.

Ruminiya bunga qanday munosabat bildirdi?

Ruminiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning so‘nggi dron hujumlari mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy xavf tug‘dirmasligini qayd etdi. 

Milliy mudofaa vazirligi 3-sentabrdan 4-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan, go‘yoki Ruminiya hududiga Rossiya dronlari qulagani haqidagi ma’lumotlarni qat’iyan rad etadi, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Ruminiya Mudofaa vazirligining mas’ul tuzilmalari Rossiya dronlarining kecha tunda ham, shanba va yakshanba kunlari ham Dunay daryosidagi Ukraina portlari yaqinidagi infratuzilmaga hujumi bilan bog‘liq vaziyatni real vaqt rejimida kuzatgan.

“Hech bir epizodda Rossiya tomonidan qo‘llangan zarba qurollari Ruminiya milliy hududi yoki hududiy suvlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy xavf tug‘dirmagan”, — deyiladi munosabatda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »