Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshshahartransxizmat” yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida 4-sentabrdan qo‘shimcha 7 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etilganini e’lon qildi.

Foto:“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Qayd etilishicha, ta’lim maskanlarida navbatdagi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan, jamoat transporti xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar oqimi ortishi sababli, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

4-sentabrdan boshlab poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari soni 167 taga yetkaziladi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshiriladi.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 4-sentabrdan boshlab quyida keltirilgan ekspress yo‘nalishlari vaqtinchalik harakatini boshlaydi:

  • “TashPTI (SamPI) — Buyuk ipak yo‘li metrosi” Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi orqali 5 dona;
  • “TTZ ASHB — Buyuk ipak yo‘li metrosi” Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi orqali 5 dona;
  • ”TTZ ASHB — Buyuk ipak yo‘li metrosi” Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi orqali 5 dona katta hajmli MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatadi.

Yo‘nalishning ish vaqti soat ertalab 07:30 dan 09:30 gacha va kechki 16:30 dan 20:00 gacha tashkil etiladi.

Yo‘nalishlarning yo‘lkira haqi 2000 so‘m etib belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »