Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveysariya (YI+) hukumatlariga boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni 519 ming nafarga yetdi.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28 foizga ko‘p va 2016-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, hisobot mualliflarining qayd etishicha, odatda so‘rovlarning aksariyati yilning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Agar tendensiya tasdiqlansa, bu yil YI+ mamlakatlariga boshpana so‘rab 1 milliondan ortiq odam ariza berishi kutilmoqda.

Foto: DW

Eng ko‘p murojaat Suriya va Afg‘oniston fuqarolaridan kelib tushgan — mos ravishda 66 ming va 55 ming. Keyingi o‘rinlarda Venesuela, Kolumbiya va Turkiya joylashgan. Shu bilan birga, Suriyadan qochqinlar oqimi 2015—2016-yillardagi inqirozdan beri eng yuqori darajaga yetdi. Turkiya misolida esa, arizalar soni 2022-yildagi rekord miqdordan o‘tib ketdi. Qabul qiluvchi davlatlarga kelsak, Germaniya eng ko‘p arizalarni qabul qilgan — jami 30 foiz. Bu qochqinlar uchun keyingi eng mashhur mamlakatlar — Ispaniya (17 foiz) va Fransiya (16 foiz)dan deyarli ikki barobar ko‘pdir.

Ko‘p sonli Ukraina fuqarolari mamlakatni tark etib, Yevropa Ittifoqi davlatlariga ketganiga qaramay, ular boshpana so‘rab murojaat qilish bo‘yicha birinchi 10 talikka ham kirmaydi. Gap shundaki, ko‘plab Yevropa davlatlari rasmiylari 2022-yil mart oyida harbiy mojaro boshlanganidan keyin Ukraina fuqarolariga avtomatik ravishda vaqtinchalik boshpana bermoqda.

Bu mexanizm kamida 2024-yilning martigacha davom etadi. Ukrainaliklar tomonidan arizalarining aksariyati Estoniya (jami 36 foiz), Fransiya (17 foiz) va Polshaga topshirilgan. Hammasi bo‘lib, Ukraina fuqarolari tomonidan 7 mingdan ko‘proq ariza topshirildi va ularning Yevropa rasmiylari tomonidan ma’qullangani 94 foizga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »