Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda “GAZ-53” avtomobillaridan iborat to‘y korteji harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, ushbu videoda joriy yil 1-sentabr kuni Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Qurama” mahallasida nishonlanayotgan to‘yga ketayotgan 10 ta “GAZ-53” avtomobilidan iborat kortej aks etgan.

Foto: Jahongir Akramov

23 yoshni qarshilagan kuyovning o‘zi ham “GAZ-53” haydovchisi bo‘lgani sababli hamkasblari to‘yga qimmatbaho avtomobillarda emas, o‘zlarining boshqaruvlaridagi mashinalarni bezatgan holatda borishni maʼqul ko‘rishgan.

Foto: Jahongir Akramov

Videoda kuyovnavkarlar kortejdan so‘ng mahalladagi o‘yingoh hududida avtomobillarni aylana shaklida terib, raqsga tushayotganini ham ko‘rish mumkin.

Foto: Jahongir Akramov

Ushbu video tarqalganidan so‘ng yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari to‘y marosimida ishtirok etgan “GAZ-53” haydovchilariga jarima ham qo‘llagani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »