Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Kongressi Polsha qurolli kuchlariga 96 dona Apache vertolyotlarini sotishga ruxsat berdi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma'lum qildi.

“Bizda Polshaga 96 ta Apache vertolyotlarini radarlar va qurollar bilan birga sotish uchun AQSH Kongressining bergan ruxsatnomasi bor” deb yozgan vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Foto: Google Images

Endilikda Polsha Mudofaa vazirligi vertolyotlar va ular uchun qurol-yarog‘larni qanday narxda sotilishi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Mariush Blashchak avvalroq Amerikaning Apache vertolyotlari va Abrams tanklari yordamida Polshaning sharqiy chegarasida “yengib bo‘lmas qalqon” yaratish, ya’ni Brest darvozasini (Polsha-Belarus chegarasi) yopish mumkinligini aytgan edi. Yangi Apache vertolyotlari Polsha armiyasida xizmat qilayotgan Mi-24 vertolyotlarini almashtiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »