Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston OTJ 6-sentabr, chorshanba kuni Afg‘onistonga qarshi bahs olib bordi. 

Foto: O‘FA

Uchrashuvning 12-daqiqasida Jasurbek Jaloliddinov jarima zarbasidan hisobni ochdi. 36-daqiqada Alibek Davronov o‘zbekistonliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim yakuniga bir necha daqiqa qolganda Umid Musavi gol urib, hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshidayoq Timur Kapadze shogirdlari darvozani ishg‘ol etdi. Bu safar Husayn Norchayev o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 53-daqiqada esa Norchayev dublni rasmiylashtirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Jasurbek Jaloliddinov ham uchrashuvdagi ikkinchi golini urdi. 

O‘zbekistonliklar so‘nggi daqiqalarda yana 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Husayn Norchayev, Alisher Odilov va Muhammadqodir Hamroliyevlar o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi. Timur Kapadze jamoasi shu tariqa 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Saralash bosqichining ikkinchi o‘yinida Eron Gongkong ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.


Osiyo Kubogi saralashi

6-sentabr, chorshanba

O‘zbekiston U-23 – Afg‘oniston U-23 8:1

Gollar: 1:0 — 12 Jasurbek Jaloliddinov, 2:0 — 36 Alibek Davronov, 2:1 — 42 Umid Musavi, 3:1 — 47 Husayn Norchayev, 4:1 — 53 Husayn Norchayev, 5:1 — 54 Jasurbek Jaloliddinov, 6:1 — 87 Husayn Norchayev, 7:1 — 88 Alisher Odilov, 8:1 — 90+1 Muhammadqodir Hamroliyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »