Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Ruminiyada NATO havo politsiyasi vazifalarini bajaradigan samolyotlardan tashqari jangovar samolyotlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSHning Ruminiyadagi elchisi Ketlin Kavalek mamlakat milliy mudofaa vaziri Anxel Tulvar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Elchi Kavalek Qo‘shma Shtatlar Ruminiyaga o‘z milliy hududini yanada samaraliroq himoya qilish uchun yordam ko‘rsatishda davom etishini istamoqda. Bu Ruminiyada yaqin kelajakda NATO havo politsiyasi missiyalariga qo‘shimcha ravishda AQSH Harbiy-havo kuchlarining jangovar samolyotlarini joylashtirish orqali amalga oshiriladi”, — deyiladi AQSH departamenti bayonotida.
Foto: Google Images

NATO havo politsiyasi missiyasi 2004-yilda tashkil etilgan. Bu tashkilotga aʼzo mamlakatlar havo hududining har qanday buzilishlariga tezkorlik bilan javob berishga tayyor bo‘lgan qiruvchilarning doimiy nazoratini anglatadi.

Kavalek, shuningdek, AQSH rasmiylari Ruminiya va NATOning sharqiy qanotidagi umumiy ittifoq hududiga qarshi har qanday tajovuzni qaytarish va uning oldini olish imkoniyatlarini kuchaytirish tarafdori ekanini taʼkidladi.

Ruminiya mudofaa vaziri, o‘z navbatida, so‘nggi voqealar fonida ko‘rsatayotgan yordami uchun AQSHga minnatdorchilik bildirdi.

6-sentabr kuni Ruminiyaning Ukraina bilan chegaradosh Tulcha okrugida Rossiya tomonidan qo‘llanilgan dronning bir necha qismlari topildi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg sodir bo‘lgan voqea “Rossiya tomonidan qasddan qilingan hujum” ekanligini tasdiqlamasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »