Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 7 oy davomida to‘xtatib qo‘yilgan kunlik budjet daromad va xarajatlariga oid maʼlumotlarini ochiqlay boshladi. Xususan, vazirlik 4–7-sentabr kunlari davlat budjetining daromad va xarajatlari qancha bo‘lganini maʼlum qildi.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda davlat budjetiga daromad va tushumlar 4–7-sentabr kunlari deyarli 2,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Davlat xarajatlari miqdori esa 6,2 trillion so‘mdan oshdi. Bunda xarajatlar daromadlardan ancha yuqoriligicha (2,6 baravar ko‘p) qolmoqda.

Yaqinda eʼlon qilingan maʼlumotlarda yanvar–iyun oylarida respublika budjeti xarajatlari 2022-yilning yarim yilligiga nisbatan 25 foizga o‘sgani ochiqlangandi.

“Birinchi yarim yillikda davlat budjeti daromadlari 100 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan 76 trillion so‘mi soliq, 24 trillion so‘mi bojxona tushumlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Davlat budjeti xarajatlari esa jami 129 trillion so‘mdan oshdi. Shundan ijtimoiy sohalarga 65 trillion so‘m yo‘naltirildi, — deya axborot bergan Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.
Jamshid Qo‘chqorov
Foto: “Daryo” 

Mamlakatda 2022-yildagi budjet taqchilligi sezilarli ortib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizga yetgandi. Sobiq moliya vaziri Timur Ishmetov Samarqandda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda O‘zbekiston iqtisodiyoti juda qiyin bosqichda ekani, budjet xarajatlarini kamaytirish zarurligini, moliyaviy taqchillikni 3 foizda ushlab qolish uchun juda ko‘p bosim kuzatilayotganini aytgandi.

Timur Ishmetov
Foto: “Daryo” 

Shuningdek, Ishmetov Senatdagi chiqishlaridan birida davlat budjetini rejalashtirishda intizom yo‘qligi va budjet pullarini eng muhim ishlarga sarflash zarurligini taʼkidlagan.

“Birinchi navbatda, eng muhim masalalarga pul ajratishni va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflashni o‘rganishimiz zarur. Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi doimiy muammo. Avvalo, bu masala vazirliklarda ishni tashkil etish bilan bog‘liq.

Ikkinchi tomondan, xatomiz va kamchiligimiz budjet mablag‘larini rejalashtirganda intizomni shakllantirish qiyin bo‘lmoqda. Bu muammoni birlashib hal qilish zarur. Budjetni shakllantirish grafigi bor. Masalan, 2023-yilning davlat budjetini shakllantirishda hech kimdan o‘z vaqtida, sifatli maʼlumot ololmayapmiz. Raqamlar qayta-qayta ko‘rib chiqilaveradi. Vazirliklar yangi loyihalar vaqtini surish, ularni hukumatga chiqarish, qaror qabul qilishni aytadi, shu topshiriqni bajarish kerak, deydi. Moliya vaziri sifatida yo‘q, bunga pul berish kerak emas, deya ayta olmaymiz, — degan u.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Sherzod Muhamedov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda davlat budjeti taqchillik bilan ijro etilayotganiga izoh bergandi.

Sherzod Muhamedov 
Foto: “Daryo”
“So‘nggi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan ijro etilmoqda. Bu bo‘yicha fuqarolarda turli eʼtirozlar va tushunmovchiliklar yuzaga kelishini ko‘rish mumkin. Lekin bunday holat ko‘plab rivojlanayotgan davlatlar tajribasida ham ko‘rinmoqda. Xalqaro ekspertlar bilan mazkur masalani ko‘p muhokama qilganmiz. Budjet taqchilligi rivojlanayotgan davlatlar rivojlanishlari uchun tabiiy holat deb baholanadi, — degan vazirlik vakili.

Sherzod Muhamedov suhbat davomida 2023-yildan boshlab davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan oshmasligi bo‘yicha chegara o‘rnatilgani, joriy yilgi budjet xarajatlari kamaytirilishi bo‘yicha aniq rejalar yo‘qligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »