Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyada yashovchi boshqa mamlakatlardan qochib kelganlar soni so‘nggi o‘n yilliklarda eng yuqori darajaga yetdi.

Joriy yilning iyun oyi oxiriga kelib xorijliklar markaziy reestrida 3,26 million kishi qochqinlar ro‘yxatiga kiritilgan, bu 2022-yil oxiriga nisbatan 111 ming kishiga ko‘p. Bu haqda 8-sentabr, juma kuni Neue Osnabryucker Zeitung gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu 1950-yillardan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Gazeta ta’kidlaganidek, qochqinlar, jumladan, harbiy mojarolar, boshpana izlovchilar va boshpana berish rad etilgan, ammo mamlakatda bir muddat qolishga ruxsat berilgan odamlar hisobga olinadi, chunki ularni gumanitar sabablarga ko‘ra chiqarib yuborish mumkin emas.

Foto: AP

Ularning ko‘pchiligi Germaniyada bir necha yildan beri yashab kelmoqda.

Germaniyadagi Ukrainadan kelgan qochqinlar soni joriy yilning birinchi yarmida 29 mingga ko‘paydi. Hozirda 1 million kishidan sal ko‘proq ukrainalik qochqinlar Germaniyada yashamoqda.

Ta’kidlanganidek, ukrainaliklar hali ham o‘z mamlakatlarida davom etayotgan urush tufayli Germaniyaga kelishmoqda, ammo avvalroq kelganlarning ko‘pchiligi Ukrainaga qaytib ketishmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »