Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot  va  moliya vazirligi huzuridagi  Moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari  xodimlarini  tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida “Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida vazirlik va idoralar mas’ullari uchun qishloq xo‘jaligi bo‘yicha” seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisojiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) Kotibiyatining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha eksperti Divakar Diksit ishtirok etdi. 

Ahadbek Haydarov kirish so‘zida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan muzokaralar olib borilayotgan bir paytda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkilot talablariga mos holga keltirish muhim vazifalardan sanalishini ta’kidladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va eksport subsidiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkilot kotibiyatiga 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasining JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi Guruhining 2-yig‘ilishi arafasida taqdim etgan. 

2021-yilda O‘zbekiston tomoni 16 yillik tanaffusdan so‘ng JST Kotibiyatiga xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda tayyorlangan, 2016–2018 yillarda  qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va eksport subsidiyalari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar, shuningdek, qo‘shimcha statistik jadvallarni taqdim etdi.

“Joriy yil mart oyida bo‘lib o‘tgan ko‘p tomonlama muzokaralarda JSTga mamlakatlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasida 2020–2022 yillarda qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish zarurligi ma’lum qilingan bo‘lib, hozirda mazkur ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan qayta shakllantirilmoqda”. dedi Ahadbek Haydarov.

Shuningdek, seminarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash borasida JSTga taqdim etiladigan ma’lumotlarni tashkilot va Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi Bitim talablariga muvofiq shakllantirishda Dikavir Diksitning tajribasi muhimligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, hafta oxirigacha davom etadigan seminar mazmunli ruhda o‘tishi hamda ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga umid bildirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »