Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nyu-York meri Erik Adamsning aytishicha, shaharga migrantlar oqimi kvartallarning vayron bo‘lishiga, shuningdek, resurslarning yanada kamayishiga olib kelishi mumkin.

Politico nashrining xabar qilishicha, shahar meri o‘tgan yil davomida 100 ming migrantni qabul qilganidan keyin shahar moliyaviy tarafdan inqirozga yuz tuta boshlaganidan afsusda ekanligini ma’lum qildi.

“Bu masala Nyu-Yorkni vayron qiladi va barchamizga ta’sir qiladi. Men bu haqda o‘tgan yili 15 000 migrantni qabul qilganimizda gapirgan edim, hozir esa migrantlar soni 110 000 ga yaqin bo‘lganida gapiryapman. Biz o‘zimiz bilgan shaharni yo‘qotish arafasidamiz”, — dedi Adams.

Foto: Reuters

Iyul oyida Nyu-York meri Erik Adams shahardagi migrantlar sonini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ma’lum qilgandi.

Xususan, Nyu-Yorkdagi boshpanalarda bo‘lgan katta yoshli migrantlarga o‘zlariga boshqa uy-joy topish uchun 60 kun vaqtlari borligi to‘g‘risida bildirishnomalar berilishini aytib o‘tgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »