Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston hududida neft otilib chiqyapti, degan mazmundagi video tarqaldi. Tasvirda chuqurlikdan sizib chiqayotgan qora rangli suyuqlik aks etgan. “Daryo” muxbiri holat yuzasidan “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot kotibi Mo‘min Ibodov bilan bog‘landi.

Maʼlum qilinishicha, videotasvirdagi modda neft emas.

“Mutaxassislarimiz videodagi suyuqlikni neft unday otilib chiqmaydi, gazga o‘xshayapti, deyishdi. Yaʼni u neft emas va O‘zbekiston hududida qayd etilmagan”, — dedi Mo‘min Ibodov.

Avvalroq “Afg‘oniston hukumati sifati pastligi sabab 67 ta sisternadagi neftni O‘zbekistonga qaytarib yubordi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalgandi. “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov mazkur holatga izoh berib, gap nima haqida borayotganini tushuntirgandi.

“Afg‘oniston O‘zbekiston neftini sifatsiz bo‘lgani uchun qaytaribdi, degan xabar tarqaldi. Bu noto‘g‘ri maʼlumot. Chunki biz Afg‘onistonga neft yubormaganmiz. Ayrimlar Afg‘onistonning benzinini qaytarib olib kelib, zapravkalarda sifatsiz benzin sotayotganimizni aytmoqda. Bu ham noto‘g‘ri maʼlumot. Biz Afg‘onistondan qaytib kelgan mahsulotni hech qayerga olib borganimiz yo‘q. U konteynerida turibdi. U boshqa joyga olib boriladi yoki sotiladi. Bu dizel GTL zavodida chiqqan, yangi mahsulot. Uning standarti Afg‘onistonda yo‘q. Shuning uchun ular buni tushunmadi”, — degan kompaniya rahbari.

Izoh

Slendrina

09.09.2023, 17:11

Uraaa neft yoki gazni sotib kattalarimz yana boyiydi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »