Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston terma jamoasi 9-sentabrdan 10-sentabrga o‘tar kechasi AQSH terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hisob ochildi. AQSH terma jamoasi futbolchisi Timoti Vea o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda ikkala jamoada ham bir qancha imkoniyatlar bo‘lishiga qaramasdan, darvozalar ishg‘ol etilmadi. 

Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar darvozalarni ishg‘ol qilishga yaqin keldi. O‘yin yakunida esa Rikardo Pepi mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 90+5-daqiqada esa Kristian Pulishich penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa AQSH 3:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. 

Srechko Katanes jamoasi 12-sentabr kuni Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. 



Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

9-sentabr, shanba

AQSH – O‘zbekiston 3:0

Gol: 1:0 — 4 Vea, 2:0 — 90+1 Rikardo Pepi, 3:0 — 90+5 Pulishich (penalti).

AQSh: Mett Tyorner, Serjinyo Dest, Kris Richards (Mark Makkenzi, 64), Antoni Robinson, Yunus Musa, Veston MakKenni (Kristoffer Lund, 81), Kristian Pulishich, Tim Rim, Luka de la Torre (Tanner Tessmann, 35), Florian Balogun (Rikardo Pepi, 46), Tim Vea (Brenden Aaronson, 64).

O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiyev (Aziz Turg‘unboyev, 68), Rustam Ashurmatov (Aziz G‘aniyev, 68), Otabek Shukurov (Jamshid Iskanderov, 82), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abror Ismoilov, 86), Oston O‘runov (Sherzod Nasrullayev, 67), Eldor Shomurodov (Bobir Abduxoliqov, 82), Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Kris Richards (49), Hojiakbar Alijonov (63).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »