Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlar 9-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Angliya Ukrainaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Aleksandr Zinchenko hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga bir necha daqiqa qolganda esa Kayl Uoker muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar durang qayd etdi.

Italiya esa Shimoliy Makedoniyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida gollar urilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Immobile italyanlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Enis Bardi hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda esa darvozalar daxlsiz qoldi.  

Belgiya Yannik Ferreyra Karraskoning yagona goli evaziga Ozarbayjonni taslim etdi.


Yevro—2024 saralashi

5-tur bahsi

9-sentabr, shanba

Ukraina – Angliya 1:1

Gollar: 1:0 – 26 Zinchenko, 1:1 – 41 Uoker.

Ukraina: Bushan, Konoplya, Matvienko (Krivsov, 46), Zabarniy, Mikolenko, Zinchenko (Buyalskiy, 76), Stepanenko, Mudrik (Nazarina, 90), Sudakov (Sidorchuk, 65), Sigankov, Yaremchuk (Dovbik, 65).

Angliya: Pikford, Uoker, Maguayr, Gexi, Chiluell, Henderson, Rays, Bellinghem (Reshford, 65), Meddison (Foden, 66), Saka (Gallaher, 86), Keyn.

Ogohlantirishlar: Stepanenko (22), Meddison (34), Yaremchuk (42), Maguayr (86).

Shimoliy Makedoniya – Italiya 1:1

Gollar: 0:1 – 47 Immobile, 1:1 – 81 Bardi.

Shimoliy Makedoniya: Dimitrievski, Zaykov, Musliu (Serafimov, 78), Manev, Alioski, Bardi, Atanasov (Iljazovski, 90), Elezi (Alimi, 74), Elmaz, Ashkovski (Dimoski, 74), Miovski.

Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Manchini (Skalvini, 59), Bastoni, Dimarko (Biragi, 82), Kristante, Barella, Tonali (Raspadori, 89), Zakkani (Nonto, 82), Politano (Zaniolo, 46), Immobile.

Ogohlantirishlar: Manev (68), Dimarko (70), Tonali (75), Zaniolo (79), Alimi (88).

Ozarbayjon – Belgiya 0:1

Gol: 0:1 – 38 Karrasko.

Ozarbayjon: Magomedaliyev, Bayramov (Emreli, 62), Mamedov, Mustafazade, Krivosyuk, Jafarguliyev (Nabiyev, 85), Mahmudov, Diniyev (Ozobich, 84), Isayev (Safarov, 62), Dadashov (Gurbanli, 62), Sheydayev.

Belgiya: Kastels, Kastan, Vertongen, Fas, Teate, Tilemans (Mangalya, 66), Onana, Karrasko (Openda, 84), Trossard (Lukebakio, 79), Bakayoko (Doku, 66), Lukaku (Batshuayi, 66).

Ogohlantirishlar: Sheydayev (78), Doku (90), Batshuayi (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »