Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Parlamentning protsessual masalalar va reglament qo‘mitasi Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlash uchun zarur bo‘lgan miqdordagi deputatlar imzolarining haqiqiyligini tasdiqladi.

Hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi prezident Zurabishvili hukumat ruxsatisiz 31-avgust kuni xorijiy safarini boshlaganidan keyin unga qarshi impichment jarayoniga tayyorgarlik boshlanganini e’lon qilgandi.

“Gruziya orzusi” partiyasi deputati, parlamentning protsessual masalalar va qoidalar qo‘mitasi raisi Irakliy Kadagishvili prezident Zurabishvili “radikal muxolifat” bilan hamkorlikda harakat qilayotganini, uning bu ishi faqat Gruziyaning Yevropaga integratsiyasiga to‘sqinlik qilishini ma’lum qildi. Prezident ma’muriyati esa buning aksini ta’kidlamoqda.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili
Foto: AP

“Prezidentga impichment eʼlon qilish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qaror prezident Konstitutsiyani qo‘pol ravishda buzayotgani, u o‘z vakillik funksiyalarini amalga oshirishda Konstitutsiyaning barcha talablariga bo‘ysunmayotgani sababli qabul qilingan”, — dedi Irakliy Kadagishvili.

Unga ko‘ra, prezident hukumat bilan birgalikda harakat qilishi kerak.

Agar Konstitutsiyaviy sud prezident Konstitutsiyani buzganini tasdiqlasa, 10 kun ichida parlament sud xulosasini ko‘rib chiqishga kirishadi. Keyin 30 kun ichida masalani ovozga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Agar ko‘pchilik deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, masala ovozga qo‘yiladi, deyiladi “Impichment to‘g‘risida”gi qonunda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »