Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun kechqurun Apple o‘zining an’anaviy sentyabr taqdimotini o‘tkazadi — bu taqdimot shu yilgi texnologiya sferasida eng kutilgan va ommabop voqea bo‘lsa ham ajabmas. Galdagi tadbir Wonderlust (“Mo‘jizani kutish”) deb nomlangan. Ha, iPhone 15 oilasi foydalanuvchilar uchun chinakam mo‘jiza bo‘lishi aniq.Taqdimot Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi va uni Apple veb-saytida, Apple TV orqali yoki Apple YouTube kanalida, shuningdek, ushbu sahifada ham kuzatib borishingiz mumkin:

Apple bugun kechqurun nimani namoyish qilishi sir emas. Asosiy yangiliklar doimgidek yangi iPhone’lar bo‘ladi. Yana katta o‘zgarishlardan biri Lightning tuynugi tarixda birinchi bor USB-C portiga almashtirilgan iPhone’ni ko‘ramiz. Apple bu o‘zgarishni yangilik deb ta’kidlashi mumkin, ammo biz (iPhonemanlar) hammamiz juda yaxshi tushunamizki, kompaniya Yevropa Ittifoqining universal zaryadlash portiga qo‘ygan talablari tufayli Lightning’dan voz kechishga majbur bo‘lgan.

Foto: Forbes

Xullas, taqdimotga qadar iPhone 15 haqida bir nechta aniq ma’lumotlar bor. Bulardan biri, standart iPhone 15 modelida ilk bor Dynamic Island — frontal kamera uchun qo‘shimcha funksionallarga ega kesim paydo bo‘ladi. iPhone 15 Pro va Pro Max seriyalari displeylari LIPO texnologiyalari bo‘yicha tayyorlanadi va shu tufayli ekran hoshiyasi 0,7 mm.ga yupqalashadi va uning kengligi bor-yo‘g‘i 1,5 mm bo‘ladi.

Avval ta’kidlab o‘tganimizdek, barcha Apple smartfonlarida batareya quvvati oshishi kutilmoqda. Smartfonlarning batareya quvvati oshganini mana bu iPhone 15 va iPhone 14 bir-biriga solishtirilgan suratdan bilib olsangiz bo‘ladi:

Foto: IndiaTimes

Undan tashqari iPhone 15’ning aniq vazni va o‘lchamlari ma’lum bo‘ldi.

iPhone 15 o‘lchamlari va vazni:

  • Qalinligi: 7,8 mm
  • Uzunligi: 147,6 mm
  • Kengligi: 71,6 mm
  • Og‘irligi: 171 gramm (Ya‘ni u eski modelga nisbatan bir grammga yengilroq)

iPhone 15 Pro’ning o‘lchamlari va vazni:

  • Qalinligi: 8,25 mm
  • Uzunligi: 146,6 mm
  • Kengligi: 70,6 mm
  • Og‘irligi: 188 gramm

iPhone 15 Pro Max o‘lchamlari va vazni:

  • Qalinligi: 8,25 mm
  • Uzunligi: 159,9 mm
  • Kengligi: 76,7 mm
  • Ogirligi: 221 gramm.

iPhone 15 Pro asosiy versiyada 128 Gb xotiraga ega bo‘ladi va uning narxi 999 dollarni tashkil qiladi. iPhone 15 Pro Max’ning narxi esa 100 dollarga ko‘tarilib, 1199 dollargacha bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »