“Buratinoning sarguzashtlari” filmidagi bosh rol ijrochisi — Dmitriy Iosifov hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
1975-yilda suratga olingan va 1976-yilning yanvarida premyerasi bo‘lib o‘tgan “Buratinoning sarguzashtlari” kartinasi — bolalar uchun mo‘ljallangan eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Unda bosh qahramon rolini o‘ynagan aktyorning hozirgi ko‘rinishi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi.
Karyeraning boshlanishi
Buratino roli 9 yashar Dmitriy Iosifov uchun debyut bo‘lgan. Lekin uning yoshi suratga olish maydonchasidagi murakkab vazifalarni bajarishiga xalaqit bermagan. U kamera qarshisida o‘zini erkin va ko‘p yillik tajribaga egadek tutgan.
Film efir yuzini ko‘rganidan keyin Iosifov juda ham mashhur bo‘lib ketgan. Rejissorlardan turli takliflar kelib tusha boshlagan. 1977-yilda “Qizil qalpoqcha haqida”, 1981-yilda “Sotilgan kulgi”, 1987-yilda “Oshiq bo‘yoqchi haqida hikoya” va boshqa ko‘plab filmlarda rol o‘ynagan.
U kelajagini aktyorliksiz tasavvur qila olmagan va shu sabab ham shu sohada ta’lim olib, turli filmlarda suratga tushishda davom etgan.
Aktyorlik karyerasidan rejissorlikka
90-yillarda Dmitriyda ijodiy krizis kuzatilgan. U aktyorlikni tashlab rejissorlik bilan shug‘ullangan. U yangi faoliyatini shunchalik yaxshi ko‘rganidan ushbu yo‘nalishda avvalroq ish boshlamaganidan afsuslangan.
Shaxsiy hayot
Aktyor erta turmush qurgan hamda ketma-ket uch o‘g‘illi bo‘lgan. Yaqinda 58 yoshni qarshilagan Dmitriy karyera zinapoyalaridan tobora ko‘tarilib bormoqda. U o‘zini operator sifatida ham sinab ko‘rgan va bu borada ham omadi chopgan. Uning tanlagan sohasida muvaffaqiyatga erishishida esa rafiqasining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashining ham hissasi katta.
Dmitriy hozirda o‘z filmografiyasini yangi ijodiy ishlar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. 2022-yilda u ssenariy muallifi hamda sahnalashtiruvchi rejissor sifatida ishlagan “Yelizaveta” shousining telepremyerasi o‘tkazildi.