Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Vazirlar Mahkamasi Yevropa Komissiyasining qaroridan qat’i nazar, 15-sentabrdan keyin Ukrainadan g‘alla olib kirishni taqiqladi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri Robert Telus ma’lum qildi.

“Qabul qilingan rezolyutsiya Yevrokomissiyaga qaror qabul qilishi uchun yuborilgan. Agar ular qaror qabul qilmasa, biz o‘zimiz qabul qilgan qarorimizni kuchga kiritamiz. Polsha-Ukraina iqtisodiy munosabatlari Yevropa Ittifoqi tomonidan tartibga solinmaguncha, Polshaga Ukrainaning to‘rt turdagi donining importi taqiqlanadi”, — dedi Telus.

Foto: Google Images 

Juma kuni Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski Yevropa komissiyasiga Ukrainadan don importi masalasida ultimatum qo‘ydi. Uning ta’kidlashicha, Polsha Yevropa Ittifoqi qaroridan qat’i nazar, qishloq xo‘jaligi bozorlarining yangidan ochilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »